Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ursula fon der Lyayen Samarqandga keldi

Ursula fon der Lyayen Samarqandga keldi

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati.

Yevropa komissiyasi rahbari O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 2-aprel kuni Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen mazkur sammitda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Yevropa komissiyasi Prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring