Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni unvonidan voz kechdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni unvonidan voz kechdi va o‘ta og‘ir vazn toifasida WBO kamarini bo‘shatdi, deb bayonot berdi World Boxing Organization.
Endi Usik ixtiyorida IBF (Xalqaro boks federatsiyasi), WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) va WBC (Jahon boks kengashi) kamarlari qoldi.
«WBO uning tarixiy faoliyatini sharaflaydi va buni xayrlashuv emas, balki sababli tanaffus deb ataydi», — deyiladi Jahon boks tashkiloti xabarida.
WBO chempionligi va kamar angliyalik Fabio Uordliga topshiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter