Messi Pushkashga yetib oldi — 60 yil kutilgan rekord
Lionel Messi «Inter Mayami»ni klub tarixida birinchi marta MLS yarim finaliga olib chiqdi.
Messi 1+3 ni rasmiylashtirdi: bir gol va uch assist. «Sinsinnati»ni tor-mor etishdagi barcha gollarda ishtirok etdi (4:0).
Shu tariqa uning faoliyatidagi golli ko‘rsatkichlar 1 300 taga yetdi (896 gol va 404 assist). Krishtianu Ronalduning ko‘rsatkichi — 1 216 (164 o‘yin ko‘p o‘tkazgan).
Messi futbol tarixidagi eng yaxshi assistent bo‘lishga juda yaqin turibdi. U 404 ta assist bilan Ferens Pushkash (404)ga yetib oldi — buyuk vengrning rekordini qariyb 60 yildirki, hech kim yangilay olmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter