Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘FA bir necha futbolchilarni jazoga tortdi

O‘FA bir necha futbolchilarni jazoga tortdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Qo‘qon-1912” — “Paxtakor”

O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” uchrashuvining 76-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Bashar Resan hakam qaroriga e’tirozi uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bashar Resanga (Paxtakor) jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” uchrashuvining 78-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Shota Gvazva o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shota Gvazvaga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Dinamo”

O‘zbekiston Superligasining 28–turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Dinamo” uchrashuvining 86-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Edem Nemanov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Edem Nemanovga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Mash’al”

O‘zbekiston Superligasining 28–turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Mash’al” uchrashuvining 79-daqiqasida “Mash’al” jamoasi futbolchisi Zafarbek Akramov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zafarbek Akramovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 28–turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Mash’al” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Mash’al” jamoasi futbolchisi Dostonbek To‘xtaboyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dostonbek To‘xtaboyevga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Superligasining 28–turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Dilshod Yo‘ldoshev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilshod Yo‘ldoshevga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Neftchi”

O‘zbekiston Superligasidan 28-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Neftchi” uchrashuvning 59-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ikrom Aliboyev to‘p uchun kurashdan so‘ng raqib futbolchisining yuziga qo‘li bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ikrom Aliboyevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan “OKMK — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 85-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Zabihillo O‘rinboyev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” futbolchisi Zabihillo O‘rinboyevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan “OKMK — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning buzilish holati aniqlangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, OKMK klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “Nasaf”

O‘zbekiston Superligasining 29–turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Nasaf” uchrashuvining 45+4-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Dragan Cyeran hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dragan Cheranga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — OKMK

O‘zbekiston superligasining 29-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “OKMK” uchrashuvining 83-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Nodirbek Abduxalikov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog‘iga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirbek Abduxalikovga nisbatan 2ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Qizilqum”

O‘zbekiston Superligasining 29–turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Qizilqum” uchrashuvining 5-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Islom Kenjaboyev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Kenjaboyev (Qizilqum) jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “So‘g‘diyona”

O‘zbekiston Superligasining 30-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining uchrashuvning 10-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Islomjon Qobilov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog‘ining himoyalanmagan qismini oyog‘ining tag qismi bilan bosganligi uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islomjon Qobilovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Surxon”

O‘zbekiston Superligasining 30-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Surxon” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Javohir Ro‘ziyev to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining qorin qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Ro‘ziyevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Paxtakor”

“Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” uchrashuvining 45-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Pedro Augusto hakam qaroriga e’tirozi uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Pedro Augustoga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari”—“Paxtakor” uchrashuvining 64-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Bashar Resan hakam qaroriga e’tirozi uchun ikkinchi sariq kartochka olgandan so‘ng ham ikkinchi marotaba hakamga nisbatan e’tiroz bildirgan, shundan so‘ng unga sariq hamda qizil kartochkalar ko‘rsatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bashar Resanga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30-turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” uchrashuvining 44-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiyi Xasan Rizayev raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xasan Rizayevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Superligasining 30-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Diyorbek Asomiddinov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyorbek Asomiddinovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 84-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Islom Kenjaboyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Kenjaboyevga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “So‘g‘diyona”

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 13-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 13-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi murabbiyi Dane Zegarac hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dane Zegaracga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Andijon”

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Andijon” uchrashuvining 52-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Azmiddinovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Andijon” uchrashuvining 82-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Muhammadkarim Toirov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadkarim Toirovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30–turidan o‘rin olgan “Bunyodkor”—“Andijon” uchrashuvining 84-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Eldor Adxamov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Eldor Adxamovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 30-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Andijon” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning buzilish holati aniqlangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Bunyodkor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring