Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fabio Kannavaro O‘zbekiston bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Fabio Kannavaro O‘zbekiston bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Foto: Futbol.ua

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik Fabio Kannavaro bilan bog‘lanib, uni milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Avvalroq termaga Yoaxim Lyov, Fotih Terim, Paulu Bentu kabi murabbiylar taklif etilgan, ammo zarur kelishuvga erishilmagandi. 

Kannavaro 52 yoshda. Murabbiylik faoliyati davomida Italiyaning “Udineze” va “Benevento”, Saudiya Arabistonining “Al-Nassr”, Xitoyning “Guanchjou” va “Tyanszin” klublarida, Zagrebning “Dinamo”sida ishlagan.

O‘yinchi sifatida Kannavaro 2006-yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. O‘sha yili Italiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘ldi. Klublar miqyosida Kannavaro Italiyaning “Napoli”, “Parma”, “Inter” va “Yuventus”, Ispaniyaning “Real” va BAAning “Al Ahli” klublarida o‘ynagan. 

2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va unda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring