Manba: O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi deyarli aniq bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi deyarli aniq bo‘ldi.
Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
"Tomonlar kelishuvga erishgan. 24/48 soat ichida hujjatlar rasmiylashtiriladi. Kannavaro dushanba kuni bo‘lgan taklifga rozilik javobini bergan", - deb yoziladi ma’lumotda.
Kannavaro 52 yoshda. Murabbiylik faoliyati davomida Italiyaning “Udineze” va “Benevento”, Saudiya Arabistonining “Al-Nassr”, Xitoyning “Guanchjou” va “Tyanszin” klublarida, Zagrebning “Dinamo”sida ishlagan.
O‘yinchi sifatida Kannavaro 2006 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. O‘sha yili Italiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘ldi. Klublar miqyosida Kannavaro Italiyaning “Napoli”, “Parma”, “Inter” va “Yuventus”, Ispaniyaning “Real” va BAAning “Al Ahli” klublarida o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter