Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.
Bu yilgi bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha kuch sinashadi. Ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda.
– Har biringiz bu maydonga o‘z orzuingiz, o‘z maqsadingiz, eng asosiysi, g‘alabaga bo‘lgan katta ishonchingiz bilan kelgansiz, – dedi Prezidentimiz sportchi o‘g‘il-qizlarga murojaat qilib.
Bugun bellashayotgan yoshlar orasidan ertaga dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim yaratilganini ta’kidladi.
– Bu ishlarning zamirida farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalashga bo‘lgan intilishimiz mujassam,– dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 1 ming 675 tasi oltin medal bo‘lib, bu avvalgi o‘n yillikka nisbatan tri karra ko‘pdir. Medallarning tridan biri sportchi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimizning ikkinchi bor g‘olib bo‘lishi ham mamlakatimiz shaxmati tarixida alohida sahifa ochdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter