Toshkentda "Mobiuz kubogi-2025" final bosqichi o‘tkazildi (video)
Toshkent shahrida kompaniyaning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan stol tennisi bo‘yicha "Mobiuz kubogi-2025" korporativ turnirining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar sentyabr oyida kompaniyaning markaziy ofisi va hududiy bo‘linmalarida boshlangan edi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi o‘yinchilar Toshkentdagi JAR sport majmuasida bo‘lib o‘tgan yakuniy bellashuvlarda ishtirok etishdi.
Kubok finali chinakam sport bayramiga aylandi: ishtirokchilar yuqori darajadagi tayyorgarlikni, g‘alabaga bo‘lgan intilishni va jamoa ruhini namoyon etdilar. Qizg‘in bellashuvlar natijasida turnirning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi:
1-o‘rin: Arslanbek Najimov (Nukus Markaziy ofisi)
2-o‘rin: Shohjahon Rahmatov (Toshkent Markaziy ofisi)
3-o‘rin: Muzaffar Madraimov (Toshkent Markaziy ofisi)
O‘tgan yillar g‘oliblari orasida Shohrux-Mirzo To‘raxonov (Andijon MFY) Gran-pri hamda "Eng yaxshilarning eng yaxshisi" unvonini qo‘lga kiritdi.
Turnirlarning ko‘p karra g‘olibi va korporativ sport tashabbuslarining faol ishtirokchisi bo‘lgan Yelizaveta Shapovalova (Xodimlarni boshqarish departamenti) maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Musobaqalar Mobiuz kompaniyasining korporativ qadriyatlarni rivojlantirish, jamoa ichida do‘stona muhit yaratish va xodimlar orasida sport tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi intilishlarini namoyon etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter