Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo boyliklarining 75 foizi — ularning qo‘lida

Dunyo boyliklarining 75 foizi — ularning qo‘lida

Illyustrativ foto

«Jahon tengsizligi 2026» hisobotiga ko‘ra, dunyo boyliklarining 75 foizi 10 foiz aholi qo‘lida to‘plangan. Mutaxassislar shoshilinch choralar ko‘rishga chorlashmoqda, deb yozmoqda The Guardian.

60 mingdan kamroq odam (dunyo aholisining 0,001 foizi) sayyoramiz aholisining eng kambag‘al yarmidan uch baravar ko‘p boylikka ega.

Tadqiqotda 200 nafar olim qatnashdi. Ular dunyoning deyarli barcha mintaqalarida 1 foiz aholi (eng boy odamlar) 90 foiz aholiga qaraganda ko‘proq boylikka ega ekanligini aniqladilar. Ta’kidlanishicha, 2025-yilda boyliklar taqsimotidagi tengsizlik yuqori sur’atlarda o‘sgan.

«Dunyodagi o‘ziga to‘q aholining 10 foizi butun boylikning 75 foiziga, insoniyatning yarmi esa 2 foiziga egalik qiladi. Oqibatda biz juda ozchilik misli ko‘rilmagan moliyaviy qudratga ega dunyoga ega bo‘ldik, vaholanki, milliardlab odamlar oddiy iqtisodiy barqarorlikdan ham chetda qolmoqda», deyishdi Rikardo Gomes-Karrera (Parij iqtisodiyot maktabi) boshchiligidagi tadqiqot mualliflari.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, tengsizlikni qisqartirish nafaqat adolat masalasi, balki iqtisodiyot barqarorligi uchun ham zarurdir. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqni kamaytirish uchun ta’lim va sog‘liqni saqlashga davlat investitsiyalari kiritish, shuningdek, samarali soliq va qayta taqsimlash dasturlarini joriy etish taklif etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring