Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ilmiy daraja olishdagi ayrim tartiblar bekor qilinadi

O‘zbekistonda ilmiy daraja olishdagi ayrim tartiblar bekor qilinadi

Foto: LinkedIn

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, ilmiy darajalar berishda 2027 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartiblar bekor qilinadi:

  • chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;

  • Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berish;

  • dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazish;

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilish;

  • dissertatsiya avtoreferatini chop etish;

  • dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida xulosa olish;

  • Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;

  • himoya qilingan dissertatsiya bo‘yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;

  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish.

Bunda ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjat uning O‘zbekistondagi faoliyati davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.

2027 yil 1 yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berilgan va dissertatsiya himoyasini o‘tkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan tartibga muvofiq beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring