Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda madaniyat va san’at yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etiladi

Maktablarda madaniyat va san’at yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etiladi

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Yangi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 27 avgustdagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.

Unga ko‘ra, maktablarda «Dutor», «Milliy raqs», «Yosh doirachilar» va «Tasviriy san’at» yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etiladi.

To‘garaklarda o‘quvchilar haftasiga ikki soatdan, jami 72 soat davomida chuqurlashtirilgan tarzda ta’lim oladi. Shuningdek, to‘garak a’zolari o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazilib, ular orasidan iqtidorli o‘quvchilar saralab olinadi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, to‘garaklarni yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida milliy san’atni keng targ‘ib qilish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va milliy san’at an’analarini kelajak avlodga yetkazishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring