Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bill Geyts hamon dunyodagi boy odam bo‘lishi mumkin edi, agar...

Bill Geyts hamon dunyodagi boy odam bo‘lishi mumkin edi, agar...

Foto: Forbes

Bill Geyts Microsoft aksiyalarini sotmaganida, bugungi kunda boyligi 1,2–1,5 trln dollarga yetishi mumkin edi.

2014-yilda Uorren Baffet unga barcha pullarini bir joyda to‘plamasdan, Microsoftdagi ulushini kamaytirishni maslahat bergan.

Sarmoyalar qirolining gapiga quloq tutgan Geyts o‘z aksiyalar portfelini diversifikatsiya qiladi. Bozordagi xatarlar nuqtai nazaridan oqilona, ammo yo‘qotilgan foyda tomonlama juda qimmatga tushgan qaror.

Albatta, uzoq yillar eng boy inson maqomini saqlab kelgan Geyts «birinchi trillioner» bo‘lishga aslo oshiqmagan, milliardlab pullarini xayriyaga sarflab kelayotganini ham unutmaslik kerak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni Forbes «birinchi trillioner» bo‘lishga da’vogar Ilon Maskning boyligi 749 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring