Google Pay yaqin haftalarda O‘zbekistonda ishga tushadi
Google kompaniyasi O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati va Google Wallet ilovasi yaqin haftalarda ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu haqda Samarqandda o‘tkazilgan C5+1 sammitida ma’lum qilindi.
Yangi xizmat orqali Android va Wear OS qurilmalari foydalanuvchilari hamkor banklar va to‘lov tizimlarining qo‘llab-quvvatlanadigan kartalarini ilovaga biriktirib, do‘konlarda, mobil ilovalar va internet orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Google Wallet ilovasida bank kartalaridan tashqari, chiptalar, samolyotga chiqish talonlari va bonus kartalarini ham saqlash imkoniyati yaratiladi.
Google kompaniyasining Google Pay va Wallet bo‘yicha hamkorliklar rahbari Dmitriy Stiranning ta’kidlashicha, xizmatlarning ishga tushirilishi O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarni rivojlantirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Google Wallet ilovasini yaqin haftalarda Google Play do‘konidan yuklab olish mumkin bo‘ladi. Xizmatning aniq ishga tushish sanasi hozircha e’lon qilinmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter