Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalist Ozod Hamidxo‘jayev vafot etdi

Jurnalist Ozod Hamidxo‘jayev vafot etdi

Foto: Jurnalistlar uyushmasi

«O‘zbekiston 24» telekanalining sharhlovchisi Ozod Hamidxo‘jayev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.  

Ozod Hamidxo‘jayev ko‘p yillik jurnalistik faoliyati ega edi. U «Tahlilnoma» ko‘rsatuvi hamda «Axborot» informatsion dasturida samarali mehnat qilgan. U telejurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi bilan hamkasblari va tomoshabinlar qalbida munosib o‘rin egallagan ijodkor edi.

Hamidxo‘jayev 2017-yil may oyida yangi tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» telekanaliga direktor etib tayinlangan va o‘sha yilning avgust oyigacha kanalga rahbarlik qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring