AQSh Eronga qarshi urushga soniyasiga 11,5 ming dollar sarflamoqda
AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyotlar uchun 55 kun ichida 61 milliard dollardan ziyod mablag‘ sarfladi. Bu haqda ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatuvchi Iran War Cost Tracker portali xabar berdi.
Hozirda harbiy harakatlar uchun AQSh g‘aznasidan har soniyada o‘rtacha 11,5 ming dollar mablag‘ ketmoqda.
Portal mintaqaga yuborilgan shaxsiy tarkib va harbiy kemalar ta’minoti, boshqa qo‘shimcha va logistik xarajatlarni hisoblagan holda ma’lumotlarni real vaqt tartibida yangilab boradi.
Hisoblash metodikasi Pentagon Kongressga taqdim etgan hisobotga asoslangan. Unga ko‘ra, urushning dastlabki 6 kunida 11,3 milliard dollar sarflangan bo‘lib, keyingi davr uchun xarajatlar kuniga o‘rtacha 1 milliard dollarni tashkil etishi prognoz qilingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter