«Panda-diplomatiya»: Xitoy Trampga sovg‘a hozirlamoqda
Xitoy Trampning rejalashtirilgan tashrifi oldidan AQShga pandalarni jo‘natadi. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar barqarorlashayotganining belgisidir.
Atlanta hayvonot bog‘i bilan kelishuvi doirasida Pin Pin va Fu Shuan laqabli ikki panda Xitoy yovvoyi tabiatni muhofaza qilish assotsiatsiyasi tomonidan AQShga yuboriladi, deyiladi xabarda.
Hayvonot bog‘i yangi kelishuv amal qilish muddati 2024-yilda tugagan avvalgisining o‘rnini egallashini ma’lum qildi, biroq pandalar aynan qachon kelishi aytilmadi.
Xitoy «panda-diplomatiya» strategiyasi doirasida butun dunyodagi hayvonot bog‘lariga pandalarni taqdim etadi yoki ulardagi bu jonivorlarni qaytarib oladi. Shunga qarab bu davlatning do‘st va dushmanlarini bilib olish mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter