Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh qamalini yorib o‘tishga uringan birinchi tanker Ho‘rmuz bo‘g‘oziga qaytib keldi

AQSh qamalini yorib o‘tishga uringan birinchi tanker Ho‘rmuz bo‘g‘oziga qaytib keldi

Foto: Regtechtimes

AQSh qamalini (blokadasini) yorib o‘tishga uringan birinchi tanker Ho‘rmuz bo‘g‘oziga qaytib keldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Kemalar harakati ma’lumotlari portaliga ko‘ra, AQSh sanksiyalari ostidagi «Rich Starry» (Xitoy) tankeri chorshanba kuni Ho‘rmuz bo‘g‘oziga qaytib kirdi. U Amerika harbiy kemalaridan iborat to‘siqni yorib o‘ta olmagan. Seshanba kuni — AQSh tomonidan e’lon qilingan blokadaning birinchi to‘liq kunida kamida sakkizta kema bo‘g‘ozdan o‘tgan edi. Xabar qilinishicha, «Rich Starry» blokada boshlanganidan beri bo‘g‘ozdan muvaffaqiyatli o‘tib, O‘mon qo‘ltig‘iga chiqa olgan ilk kema bo‘lgandi.

Biroq, aynan o‘sha yerda (O‘mon qo‘ltig‘ida) Pentagonning kamida 15 ta harbiy kemasi joylashgani ma’lum bo‘ldi va «Rich Starry» ortga qaytdi. Eslatib o‘tamiz, mazkur tanker va unga egalik qiluvchi «Shanghai Xuanrun Shipping» kompaniyasi Eron neftini tashigani uchun avvalroq AQShning «qora ro‘yxati»ga kiritilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring