AQSh–Eron muzokaralari qayta boshlanishi mumkin
AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda qayta tiklanishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, tomonlar Islamabodda uchrashuvni davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiz yakunlanganidan so‘ng Vashington Eron portlariga nisbatan qamal joriy etgan edi.
Shu bilan birga, diplomatik aloqalar davom etishi mumkinligi haqidagi signallar neft bozoriga ta’sir ko‘rsatib, narxlar 100 dollardan pastga tushdi.
Hozircha muzokaralar uchun aniq sana belgilanmagan, ammo juma–yakshanba kunlari orasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, urush boshlanganidan beri Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harakatni keskin cheklab, o‘tishni o‘z nazorati ostiga olgan. Bunga javoban AQSh Eron portlariga kirib-chiquvchi kemalarni to‘sishni boshlagan.
Shu bilan birga, AQShning ayrim ittifoqchilari, jumladan Britaniya va Fransiya blokadada ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.
Xitoy esa bu harakatni «xavfli va mas’uliyatsiz» deb baholab, vaziyat keskinlashishidan ogohlantirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter