Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning Isroildagi elchixonasi vaqtincha yopildi

AQShning Isroildagi elchixonasi vaqtincha yopildi

AQShning Isroildagi elchixonasi va uning konsullik idoralari Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha yopiladi. Bu haqda diplomatik missiya rasmiy kanallarida ma’lum qilindi.

«Xavfsizlik holatini inobatga olgan holda va Isroil ichki front qo‘mondonligi tavsiyalariga muvofiq, AQShning Quddusdagi elchixonasi 18 iyun, chorshanbadan 20-iyun, juma kunlarigacha yopiladi. Bunga Quddus va Tel-Avivdagi konsullik bo‘limlari kiradi», – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, «elchixonaning barcha xodimlari va ularning oila a’zolari hozircha Isroilda qoladi va ularga doimo boshpana yaqinida qolish buyurilgan».

Mazkur qaror hozirgi xavfsizlik holati va Isroil va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan mojaroni hisobga olgan holda qabul qilingani aytiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 13-iyunga o‘tar kechasi Isroilning Eronga havo hujumlarini boshlagan edi. Tel-Aviv operatsiyadan maqsad Tehronning yadroviy dastur bo‘yicha ishiga xalaqit berish ekanligini aytadi.

Bunga javoban Eron tomoni ham Isroil hududiga zarbalar berib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring