Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Millionlab muhojirlar AQShni tark etdi: tafsilotlar

Millionlab muhojirlar AQShni tark etdi: tafsilotlar

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti 2025-yil yanvaridan beri 605 ming hujjatsiz migrant mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgani, yana 1,9 million kishi esa o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgani haqida hisobot e’lon qildi.

Unda og‘ir jinoyatlar sodir etgan eng xavfli shaxslarni chiqarib yuborishga ustuvor ahamiyat berilayotgani ta’kidlangan. 

«Hujjatsiz migrantlar hozir bizning ketish chaqirig‘imizni eshitmoqdalar. Agar ular buni qilmasalar, biz ularni topib, hibsga olib, hech qachon qaytib kelmaydigan qilishimizni bilishadi», deb ta’kidladi departament. 

Departament shuningdek, migrantlarni uyga bepul parvoz va 1000 dollar yordam ko‘rsatishni kafolatlaydigan maxsus ilovadan ixtiyoriy ravishda foydalanishga chaqirdi.

Tramp ma’muriyati ayrim davlatlar fuqarolarining AQShga migratsiyasini ham cheklamoqda. Ular orasida Eron, Somali, Turkmaniston kabi davlatlar bor. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring