Bir kunda millionerga aylangan britaniyalik ikki oydan so‘ng shifoxonaga tushdi
Adam Lopes.
Lotereyada 1 mln funt sterling (taxminan 1,34 mln AQSh dollari) yutgan britaniyalik Adam Lopes ikki oy uzluksiz davom etgan bazmlardan so‘ng shifoxonaga tushdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
39 yoshli Lopes iyul oyida bir kunda millionerga aylandi — sotib olgan lotereya chiptasiga naq 1 mln funt sterling yutuq chiqdi. Yutuqdan o‘zini qo‘ygani joy topa olmagan erkak darhol ishdan bo‘shab, g‘alabani qizg‘in nishonlashga kirishdi. Oradan ikki oy o‘tgach, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashdi. 10-sentyabr u ikki tomonlama o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan shifoxonaga yotqizildi.
«Nafasim qisib, yurolmay qoldim. Tez yordam chaqirdim, meni uyimdan olib ketishdi, hayotimni o‘zgartirgan eng katta voqea — tez yordam mashinasining orqa o‘rindig‘ida yotganimda sirena ovozidan o‘zimga kelishim bo‘ldi. Tez yordam mashinasida seni bir ahvolda olib ketishayotganida 1 million, 100 million, milliard, trillion puling bor-yo‘qligi ahamiyatsiz, bular ko‘zingga ko‘rinmaydi», — dedi Lopes.
Lopes sakkiz kun shifoxonada davolandi. Uning aytishicha, bo‘lib o‘tgan voqea hayotdagi muhim narsalar haqidagi qarashlarini o‘zgartirishga undadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter