BMT Xavfsizlik kengashi Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini qabul qildi
BMT Xavfsizlik kengashi Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi haqidagi rezolyusiyani ma’qulladi.
AQSh tomonidan taklif qilingan rezolyusiya G‘azoda 2 yillik mandatga ega xalqaro kuchlarni joylashtirish va vaqtinchalik boshqaruv organi — «Tinchlik kengashi»ni shakllantirishni ko‘zda tutadi hamda bo‘lajak Falastin davlatiga yo‘lni o‘z ichiga oladi.
Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 davlatdan 13 tasi ushbu rezolyusiyani yoqlab ovoz berdi. Veto huquqiga ega Rossiya va Xitoy undan foydalanmadi, lekin betaraf qoldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter