Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolgariyada parlament saylovlarida sobiq prezident koalitsiyasi g‘alaba qozondi

Bolgariyada parlament saylovlarida sobiq prezident koalitsiyasi g‘alaba qozondi

Foto: AFP/Getty Images

Bolgariyada muddatidan oldin o‘tkazilgan Parlamentga saylovlarda (52-chaqiriq) sobiq prezident Rumen Radev boshchiligidagi «Progressiv Bolgariya» koalitsiyasi g‘alaba qozondi.

Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, koalitsiya uchun saylovchilarning 44,676 foizi (1,44 mln kishi) ovoz bergan.

Bolgariya parlamentidan 5 ta partiya joy oldi.

Bolgariya Xalq majlisidagi jami 240 ta o‘rinning 131 tasini (mutlaq ko‘pchilik) «Progressiv Bolgariya» koalitsiyasi qo‘lga kiritdi.

Qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

GERB (Boyko Borisov): 39 ta o‘rin (13,37 foiz);

«O‘zgarishlarni davom ettiramiz — Demokratik Bolgariya»: 38 ta o‘rin;

«Huquq va erkinliklar harakati» hamda «Tiklanish» partiyalari qolgan mandatlarga ega bo‘ldi.

62 yoshli Rumen Radev ushbu natijani «umidning ishonchsizlik ustidan, erkinlikning qo‘rquv ustidan qozonilgan g‘alabasi» deb atadi. Parlamentning to‘liq tarkibi 25 aprel kuni rasman e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring