Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Islomobodda Eron-AQSh muzokaralari boshlanishi kutilmoqda

Bugun Islomobodda Eron-AQSh muzokaralari boshlanishi kutilmoqda

Eron delegatsiyasi AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish uchun bugun kechqurun Pokiston poytaxti Islomobod shahriga yetib kelishi kutilmoqda.

Bu haqda Eronning Pokistondagi elchisi Rizo Amiriy Mug‘addam ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralar Eron tomoni taklif etgan 10 bandli reja asosida olib boriladi.

«Isroil tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlarining takroran buzilishi sababli Eron jamoatchiligida shubhalar mavjud bo‘lsa-da, delegatsiya jiddiy muzokaralar uchun Islomobodga yo‘l oladi», — dedi elchi.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralar Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif taklifi bilan tashkil etilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu uchrashuvlar mintaqadagi keskinlikni kamaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring