Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dunyoga o‘t qo‘yib, so‘ng chelak bilan kelganlarni olqishlamaymiz...» – Ispaniya bosh vaziri

«Dunyoga o‘t qo‘yib, so‘ng chelak bilan kelganlarni olqishlamaymiz...» – Ispaniya bosh vaziri

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches AQSh prezidenti Donald Trampning otashkesim haqidagi bayonotidan so‘ng vaziyatga munosabat bildirdi.

Sanches, jumladan, Trampning sulhga doir «ehtirosli chiqishi»ni keskin tanqid qiladi va «dunyoga o‘t qo‘yib, keyin chelak bilan kelganlar»ni olqishlamasligini aytadi.

Uning ta’kidlashicha, otashkesim har doim yaxshi yangilik, ayniqsa u adolatli va barqaror tinchlikka olib kelsa.

«Biroq vaqtinchalik yengillik bizga sodir bo‘lgan vayronagarchilik, tartibsizlik va yo‘qotilgan inson hayotlarini unuttirmasligi kerak», – deydi u.

Uning fikricha, hozirgi vaziyatda eng muhim yo‘l – diplomatiya, xalqaro huquq va tinchlikka erishishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring