Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron AQSh harbiy kemasiga tahdid qildi: Ho‘rmuz atrofida keskinlik kuchaymoqda

Eron AQSh harbiy kemasiga tahdid qildi: Ho‘rmuz atrofida keskinlik kuchaymoqda

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida harakatlanayotgan AQSh harbiy kemasiga zarba berish bilan tahdid qildi. Bu haqda Eronning Fars agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShga tegishli esminets BAAning Fujayra portidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tomon harakatlanayotgani aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Eron harbiylari o‘z muzokara delegatsiyasi orqali ogohlantirish yuborgan. Unga ko‘ra, agar AQSh kemasi harakatni davom ettirsa, u 30 daqiqa ichida nishonga olinishi mumkin. Bu xabar Pokiston orqali vositachilarga yetkazilgan.

Fars agentligi keyinchalik AQSh esminsi harakatini to‘xtatganini ham xabar qildi. Unga ko‘ra, bu qaror Eron tomonining keskin javobi va diplomatik ogohlantirishlaridan so‘ng qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Vashington Ho‘rmuz bo‘g‘ozida «tozalash ishlari»ni boshlaganini ma’lum qilgandi.

Uning ta’kidlashicha, bu harakat xalqaro dengiz yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

«Biz Ho‘rmuzni dunyo davlatlari uchun tozalayapmiz. Ko‘plab mamlakatlar bu ishni o‘zi qilishga jur’at etmayapti», – degan Tramp. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring