Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ikki amerikalik olimga berildi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ikki amerikalik olimga berildi

2026-yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlar Robert Xoll va Maykl Vudfordga topshirildi. Bu haqda Stokgolmdagi Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Olimlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning mikroiqtisodiy asoslarini tadqiq qilgani uchun taqdirlandi. Ular ishlab chiqqan iqtisodiy modellar alohida shaxslar va kompaniyalarning qarorlari umumiy iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish, shuningdek, davlatning inqirozlar oqibatini yumshatishga qaratilgan choralarini samarali rejalashtirishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, iqtisodiyot bo‘yicha mukofot 1968-yilda Shvetsiya Markaziy banki tomonidan ta’sis etilgan. Birinchi marta esa 1969-yilda topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mukofotni topshirish marosimi 10 dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan sanada o‘tkaziladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring