Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kazgidromet: Qozog‘istonda ham havo shiddat bilan ifloslanib bormoqda

Kazgidromet: Qozog‘istonda ham havo shiddat bilan ifloslanib bormoqda

17 noyabr kuni qo‘shni Qozog‘istonning 11 shahrida havo sifati yomonlashishi mumkin. “Kazgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bunda Olmaota, Ostona, Atirau, Oqtobe, Chimkent, Qarag‘anda, Jezqazg‘an, Temirtov, Balxash, O‘skemen va Ridder hududlari ko‘zda tutilgan. Ularda noqulay meteorologik sharoitlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu vaziyat shamolning sustligi, tuman va atmosfera inversiyasi bilan bog‘liq. Bunday holatlarda havodagi zararli moddalar sekin tarqaladi va yer sathiga to‘planadi.

“Kazgidromet” aholiga ochiq havoda ozroq vaqt o‘tkazishni, ayniqsa yirik avtomobil yo‘llaridan uzoqroq yurishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, surunkali o‘pka kasalliklari, allergiya yoki yurak-qon tomir xastaliklari bo‘lgan shaxslar o‘zlari bilan zarur dori vositalarini olib yurishlari kerakligi eslatilgan.

So‘nggi yillarda Olmaota, Qarag‘anda va Temirtov Qozog‘istonda havosi eng ifloslangan shaharlar qatorida hisoblanadi. Qish mavsumining kirib kelishi va havo sirkulyasiyasining pasayishi esa vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring