Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kecha tunda Moskva aeroportlari 7 soatga «yopilib qoldi»

Kecha tunda Moskva aeroportlari 7 soatga «yopilib qoldi»

Kecha tunda Rossiyada Ukraina dronlari tomonidan navbatdagi yirik hujum amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva tomon uchib kelayotgan 32ta dronni urib tushirgan.

Lekin ehtimoiy hujumlar sabab to‘rtta aeroport – Domodedovo, Sheremetevo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari 7 soat davomida qabul va uchirib yuborishni to‘liq to‘xtatgan. Natijada 130 dan ortiq reys bekor qilindi, kechiktirildi yoki boshqa shaharlarga yo‘naltirildi.

Bu Moskva aviatsiya tizimi uchun 2023–2025 yillardagi eng uzoq to‘xtashlardan biri.

Turli manbalar (Mash, boshqalar) Zelenograd, Sergiyev Posad, Ramenskoye va Dubna atroflarida portlashlar bo‘lganini yozgan. Ayrim manbalar dronlarning Rossiyadagi eng yirik kimyo sanoati ob’yektlaridan biri bo‘lgan Novgoroddagi «Akron» mineral o‘g‘itlar zavodiga ham zarba berganini xabar qilgan.

Sobyanin zarar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot bermagan.

Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina hujumlarida umumiy 287ta dron urib tushirilgan, shulardan 118tasi Bryansk viloyatida.

Bu – Ukraina tomonidan Rossiya hududiga qilingan hujumlar orasidan hozircha eng yiriklaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring