“Reketir” yulduzi Murat Bisenbin vafot etdi
Qozog‘istonlik taniqli aktyor Murat Bisenbin 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi xabar berdi.
Taniqli aktyor Murat Bisenbinning qizi otasining vafoti haqida Instagram’dagi shaxsiy sahifasida ma’lum qildi. «Cheksiz sevaman», — deb yozib qoldirgan u.
Qayd etilishicha, Murat Bisenbin bir necha hafta oldin insult o‘tkazgan, aktyor Jan Bayjanbayev Bisenbinning ahvoli yomonlashganini aytgan. U aktyor jismonan juda zaiflashgani sababli unga zudlik bilan immunoterapiya zarurligini ta’kidlagan.
2024 yilning kuzida Murat Bisenbinda saraton kasalligi aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi. “Reketir” yulduzi saratonni yengib, yana kino olamiga qaytish niyati borligini bildirgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter