To‘qayevga muhim hujjat topshirildi: Qozog‘iston — MDHda birinchi
Bugun, 23-aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus bilan uchrashdi.
JSST rahbari To‘qayevga Mintaqaviy ekologik sammitda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatning iqtisodiy yutuqlarini hamda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli siyosiy islohotlarni alohida e’tirof etdi, deyiladi xabarda.
Muloqot yakunida Gebreyesus To‘qayevga muhim hujjatni topshirdi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonga dori vositalari aylanmasini tartibga solish sohasida JSSTning 3-darajali yetuklik maqomi berildi. Bu milliy nazorat tizimining ishonchliligi xalqaro miqyosda tan olinganini anglatadi.
Xabarga ko‘ra, Qozog‘iston bunday yuqori darajaga erishgan MDHdagi birinchi va JSST Yevropa mintaqasidagi to‘rtinchi davlatga aylandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter