Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashkilotchilik va yordamga shaylik umrni uzaytiradi

Tashkilotchilik va yordamga shaylik umrni uzaytiradi

foto:istockphoto.com

Psixologiyaga oid tadqiqotlar (Journal of Psychosomatic Research) jurnalida Edinburg universiteti tomonidan o‘tkazilgan tajriba chop etildi. Tadqiqot 6 yildan 28 yilgacha bo‘lgan kuzatuv davrlarida 22 000 dan ortiq ishtirokchilarning ma’lumotlari tahlilini o‘z ichiga oladi. Natijalar shaxsiy xususiyatlar va uzoq umr ko‘rish o‘rtasidagi ishonchli bog‘liqlikni ko‘rsatdi, ya’ni tashkilotchilik, faollik va boshqalarga yordam berishga tayyorlik umr ko‘rish davomiyligini oshirishi mumkin.  

Tadqiqotchilar kundalik tartibga rioya qilgan, oldiga aniq maqsadlar qo‘ygan, vaqtini samarali boshqaradigan odamlarning sog‘lig‘i yaxshilanishi va uzoq umr ko‘rishini ta’kidladilar. Xushchaqchaqlik, mas’uliyat, mehnatsevarlik, ehtiyotkorlik va yordam berishga shaylik kabi shaxsiy xususiyatlar o‘lim xavfini kamaytirish bilan bog‘liq ekan.

Darhaqiqat, tadqiqot davrida tashkilotchi va faol bo‘lgan ishtirokchilarda o‘lim xavfi 21% ga kam bo‘lgan.

Kayfiyatsiz, xavotirda yuradigan yoki tez xafa bo‘lgan odamlar qisqaroq umr ko‘rishgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, salbiy hissiy xususiyatlar ruhiy va jismoniy salomatlikka putur yetkazadigan zararli stress reaksiyalarining rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Tadqiqot guruhi tashkilotchilikning afzalliklari sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Kunlik reja tuzgan odamlar ko‘proq mashq qiladilar, sog‘lom ovqatlanishadi va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi — bularning barchasi uzoq muddatli natijalarni yaxshilashga yordam beradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, atrofdagilar bilan ijobiy ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish hayotingizga muhim yillar qo‘shishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring