Tramp: AQSh G20 sammitida ishtirok etmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington joriy yil noyabrda Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) bo‘lib o‘tadigan «Katta yigirmatalik» sammitida ishtirok etmaydi.
Prezident bu haqda o‘zining Truth Socialijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
«Bu sharmandalik. G20 sammiti Janubiy Afrikada o‘tadi. U yerda afrikanerlar o‘ldirilmoqda, ularning yerlari va fermalari noqonuniy ravishda tortib olinmoqda. Bu mamlakatda inson huquqlari buzilayotgan ekan, hech bir AQSh vakili u yerga bormaydi», – deb yozadi Tramp.
Trampning ta’kidlashicha, u 2026-yilda Mayami shahrida (Florida shtati) G20 sammitini o‘tkazishga tayyorlanyaapti.
Janubiy Afrikadagi sammit 2025-yil 21–22 noyabr kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. Ilgariroq vitse-prezident Jey Di Vens AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilishi kutilgandi, ammo Reuters manbalariga ko‘ra, u ham Yoxannesburgga bormaydi.
Tramp bu mavzuni avval ham ko‘targan edi. 2025-yil may oyida u Oq uyda JAR prezidenti Siril Ramafosa bilan uchrashuvda Janubiy Afrika hukumatini «oq tanli aholining genotsidi»da ayblagan. Tramp Ramafosaga «afrikanerlar ta’qibi»ni ko‘rsatuvchi videolarni namoyish qilgan.
JAR hukumati esa bu ayblovlarni rad etgan va mamlakatda «hech qanday etnik yoki irqiy ta’qib yo‘q», deb bayonot bergan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter