Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina va Rossiya Ozarbayjonda muzokaralar o‘tkazishi mumkin

Ukraina va Rossiya Ozarbayjonda muzokaralar o‘tkazishi mumkin

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjonga tashrif buyurdi. 

Prezident Ilhom Aliyev bilan muzokaralar davomida Zelenskiy Ozarbayjonda uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. 

«Biz bunday muzokaralarni Turkiyada o‘tkazdik va Shveysariyadagi amerikalik sheriklarimiz bilan ham shunday muzokaralar tashkil etdik. Agar Rossiya diplomatiyaga tayyor bo‘lsa, biz Ozarbayjonda bo‘lajak muzokaralarga albatta tayyormiz», dedi Ukraina Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan qo‘shma bayonotda («Interfaks-Ukraina» iqtibos keltirgan). 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u va Aliyev Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qilishgan. 

Bundan tashqari, Zelenskiy Telegramdagi postida prezidentlar mudofaa sanoati kabi turli sohalarda hamkorlik bo‘yicha oltita hujjat imzolaganini aytdi. 

 Bu Zelenskiyning Ozarbayjonga birinchi tashrifi va Aliyev bilan yettinchi uchrashuvi sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring