Zelenskiy Putin bilan uchrashuvga tayyor, ammo Moskvada emas
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishga tayyor, biroq bunday uchrashuv Moskvada bo‘lmasligini bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Sergey Leщyenko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva «agressor davlat poytaxti» hisoblangani uchun Ukraina bunday formatni qabul qilmaydi. Shu bilan birga, Zelenskiy boshqa joyda uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini istisno etmagan.
Avvalroq Kreml vakillari Putin Moskvada muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, agar Kiyev istasa, Moskva tomoni muzokaralar uchun sharoit yaratishga tayyor.
Shu kunlarda Moskvaga tashrif buyurgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Ukraina rahbaridan qandaydir xabar olib kelgani haqida taxminlar tarqalgandi. Biroq Kreml bunday «maxsus xabar» bo‘lmaganini ma’lum qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter