Zelenskiyning Tramp vakillari bilan muzokaralarining birinchi bosqichi yakunlandi
Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralarining birinchi bosqichi yakunlandi.
Ukraina axborot agentliklari xabar berishicha, uchrashuvda Zelenskiydan tashqari Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov, uning o‘rinbosari Sergey Kislitsa va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov ishtirok etgan.
Muzokaralarning mazmuni va tomonlar qanday masalalarni muhokama qilgani hozircha ochiqlanmadi.
Yaqin vaqt ichida muzokaralarning ikkinchi bosqichi boshlanishi kutilmoqda. Unda Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari ham qatnashishi aytilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter