Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV Chorvoqdagi baxtsiz hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi

FVV Chorvoqdagi baxtsiz hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi

Joriy yil 2-sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Burchmulla» MFY hududidagi «Chorvoq suv ombori» suv havzasida 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il) katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib ximoya nimchasiz suvga tushib cho‘kib  ketgan.

Xabar kelib tushgan zahotiyoq FVV g‘avvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

FVV qidiruv ishlari ko‘lamning kengligi va suv omborining chuqurligi qidiruv ishlarini murakkablashtirayotganini ham eslatib o‘tgan.

Qidiruv ishlari FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring