Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda tadbirkor qalampir sabab 2 mlrd so‘mlik «muammo»ga kirib qolgan

Navoiyda tadbirkor qalampir sabab 2 mlrd so‘mlik «muammo»ga kirib qolgan

Navoiy viloyati Xatrchi tumanida «N.S.2020» MChJga qarashli do‘kon egasi xaridorga xarid qilingan qalampir mahsuloti uchun 20 ming so‘mlik chek urishi o‘rniga anglashilmovchilik sababli 2 mlrd so‘mlik chek urib yuborilgan.

Shundan so‘ng tadbirkor katta miqdordagi ortiqcha soliq qarzdorligi yuzaga kelganligi sababli 2 mlrd so‘mlik chekni bekor qilib berishni so‘ragan bo‘lsa-da, soliq boshqarma chek ma’lumotlarini tahrirlab bo‘lmasligini ma’lum qilingan hamda muammo hal etilmagan.

Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan javobgar Navoiy viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 17-aprel kunidagi chekni tahrirlamaslik xatti-harakatini qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritilgan.

Natijada soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, to‘liq tadbirkor foydasiga sudning hal qiluv qarori qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring