Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda uyidan chiqib ketgan 15 yoshli bola Toshkent bozoridan topildi

Navoiyda uyidan chiqib ketgan 15 yoshli bola Toshkent bozoridan topildi

Navoiyda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan 15 yoshli bola topildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Qiziltepa tumanining «Mustaqillik» ko‘chasida yashovchi Alibek Xalilovning bundan ikki kun avval noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Bu holat bola va uning yaqin qarindoshlarini qattiq tashvishga solgan. Bildirilishicha, u oilaviy kelishmovchilik sabab, uyidan arazlab ketib qolgan bo‘lgan. IIOlari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillarining say’-harakatlari natijasida Alibek Xalilov joriy yilning 17 noyabr kuni, kechki payt Toshkent shahar Shayhontoxur tumani, «Chorsu» bozori hududidan topilgan.

«Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Alibek Xalilovning topilishida o‘z hissasini qo‘shgan barcha ijtimoiy tarmoqlar va ularning foydalanuvchilari, jurnalist va blogerlar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillariga minnatdorchilik bildiradi. Bola ayni paytda sog‘lom va salomatligida hech qanday ziyon yo‘q»-deydi Fayoz Qosimov.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring