Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqda haydovchi ikki bolani urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Olmaliqda haydovchi ikki bolani urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Foto: Magnific

Joriy yilning 12-may kuni taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahri A.Temur ko‘chasida haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro C.D., piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar 2017-yilda tug‘ilgan piyodalarni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHBB xabar berdi.

Bolalardan biri olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan. Yana bir nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi mazkur ishga jalb qilingan holda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring