Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tyapti

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tyapti

Bugun, 12-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti o‘tkazilmoqda.

Bu muloqot — 30 yil oldin qabul qilingan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining davomidir. Unda 189 davlat ayollar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yo‘nalishlarni belgilagan edi. 30 yil o‘tgach, bu g‘oyalar Toshkentda yana qayta jonlanmoqda.

Bugun mamlakatimiz Markaziy Osiyoda ayollar huquqini himoya qilish va tenglikni ta’minlash bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar buni isbotlaydi:

  • 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi;
  • minglab xotin-qizlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda;
  • oliy ta’limda qizlar uchun ajratilgan kvotalar kengaytirildi;
  • zo‘ravonlikka qarshi huquqiy himoya tizimi mustahkamlandi.

Ushbu muloqot shunchaki yig‘ilish emas. Bu — ayollar o‘z ovozini eshittira oladigan, yangi qarorlar va imkoniyatlar paydo bo‘ladigan muhim platfomadir.

Tadbir yakunida qabul qilinadigan Markaziy Osiyo ayollari Deklaratsiyasi kelgusi yillarda mintaqada gender tenglik bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini belgilaydi.

O‘zbekiston bugun nafaqat tadbir mezboni, balki ayollar salohiyatini qadrlaydigan, ularga ishonadigan davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring