Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim tashabbus: Buxoroda 5 mingga yaqin sportsevar ko‘chaga chiqdi (foto)

Muhim tashabbus: Buxoroda 5 mingga yaqin sportsevar ko‘chaga chiqdi (foto)

Foto: Xabar.uz

Buxoroda «Ark» qo‘rg‘onidan start olgan yurish marofoni eski shaharning tarixiy obidalari orasidan o‘tib, Labi Hovuz ansamliga qadar davom etdi. Salkam 5 mingga yaqin sportsevarlar mazkur ommaviy tadbirda birlashishdi.

Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi hamda Oliy ta’lim muassasasalari hamkorligida o‘tkazilgan marafon marshrutida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

- Bugungi marafonni faqat sport musobaqasi sifatida baholash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Zero, bu yoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan muhim ijtimoiy tashabbus hamdir, -deydi Buxoro davlat Pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov.

Ishtirokchilar tarixiy obidalar oralab o‘tish jarayonida milliy meros va sog‘lom hayot uyg‘unligini his qildilar. Talabalarning ta’kidlashicha, bu kabi ommaviy tadbirlar ularga ham jismoniy, ham ma’naviy kuch bag‘ishlaydi.

- Buxoroyi sharifga uchinchi bor kelayapman. Ishonsangiz, har gal safarim yilning turli fasllariga to‘g‘ri keladi. Bundan qat’iy nazar, yo forum, yoki festivallar ustidan chiqib qolaman. Buxoroning eski shahri har doim zamonaviy va o‘ziga xos bayramlarga to‘la. O‘zbekiston jamiyatining jamiyatda sog‘lom muhitni yaratish uchun olib borayotgani amallari meni lol qoldiradi.  Bugungi marafon ham shu amallarning biri. Ko‘z tegmasin! Havas qildim. Men ham bevosita shu marafonning ishtirokchisiga aylandim, - germaniyalik sayyoh Angela Klum.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring