Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘quvchi giyohvand moddadan zaharlanib vafot etdimi? IIBB tafsiloti

Toshkentda o‘quvchi giyohvand moddadan zaharlanib vafot etdimi? IIBB tafsiloti

Foto: «Ne-zavisimost.ru»

Toshkentda o‘quvchi giyohvand moddadan zaharlanib vafot etgan inkor qilindi. 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim guruhlarda 4-sinf o‘quvchisi giyohvandlik moddasidan zaharlanganligi natijasida vafot etganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabar yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida maktab o‘quvchilari orasida bunday holatlar poytaxtda qayd etilmaganligi aniqlangan.

«Bu xabar feyk bo‘lib, asossiz ravishda vohimaga berilmaslikni so‘rab qolamiz. Fuqarolardan va jamoatchilik vakillaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Unutmang, yolg‘on axborot tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi», deyiladi IIBB bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring