Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkor Marat Hamdamov qo‘lga olindi

Tadbirkor Marat Hamdamov qo‘lga olindi

Foto: Imarat Development

«Imarat Development» qurilish loyihasi egasi Marat Hamdamov Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishida gumonlanuvchi tariqasida jalb etilgan va JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi. 

Bu voqea kompaniya loyihalaridagi xonadonlar mijozlariga va’da qilingan (shartnomada ko‘rsatilgan) muddatlarda topshirilmagani ortidan muammolar yuzaga kelishi fonida bo‘lmoqda.

1-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi «Imarat Development» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan JKning 168-moddasi va 192 prim 11-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.

Xabarga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida M.X. va J.A. Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi (Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring