Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Javlon Jovliyev va «Yosh kitobxon oila» g‘oliblariga Toshkentdan uy beriladi

Javlon Jovliyev va «Yosh kitobxon oila» g‘oliblariga Toshkentdan uy beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Davlat rahbari yig‘ilishda bir qator qashqadaryolik faollarni rag‘batlantirishini ma’lum qildi.

Jumladan, «Mutolaa» loyihasi bosh muharriri, yozuvchi Javlon Jovliyev, shuningdek, «Yosh kitobxon oila» respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinadi.

Shuningdek, «Sultonteks» klasteri rahbari Nurbek Ergashevga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor», qamashilik limonchi Abdumannop Xudoyberdiyevga esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvonlari berilishi ma’lum qilindi.

Prezident mukofotlarni yig‘ilishning o‘zida topshirishni taklif etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring