Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda lotin alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

O‘zbekistonda lotin alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

«Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladilar», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

U alifbodagi o‘zgarishlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etish va o‘zbek tilining raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Yangi alifboga o‘tishda amaldagi hujjatlarni ommaviy ravishda almashtirish talab etilmaydi. Milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar va barcha amaldagi hujjatlar o‘z kuchida qoladi.

Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa yaroqlilik muddati tugagach, bosqichma-bosqich almashtiriladi. Bu orqali qo‘shimcha xarajatlarni minimal darajaga tushirish ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva qonunning aynan 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni qabul qilinganida ramziy ma’no borligini qayd etdi.

Uning fikricha, takomillashtirilgan alifbo yoshlar savodxonligini oshirish va o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring