Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» haqidagi qonunni ma’qulladi

Senat «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» haqidagi qonunni ma’qulladi

Senatning 19-yalpi majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun ma’qullandi.

Qonunga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.

Yangi alifboga o‘tish jarayonida avvalgi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Shuningdek, amaldagi milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmaydi.

Davlat organlari va tashkilotlarining ayrim ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlaridan ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanish mumkin bo‘ladi.

Senatorlar yangi alifbo o‘zbek tilining imlo qoidalarini takomillashtirish, davlat tilidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va tilni raqamlashtirish jarayonini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Muhokama yakunida qonun Senat tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring