Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erta nikohni targ‘ib qilganlar jarimaga tortilishi mumkin

Erta nikohni targ‘ib qilganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nikohni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik belgilash rejalashtirilmoqda.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonovaning Senat yalpi majlisida ma’lum qilishicha, tegishli qonun loyihasida erta nikoh bilan bog‘liq jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Xususan, voyaga yetmaganlar bilan nikohni birinchi marta targ‘ib qilgan shaxsga BHMning 10 baravari miqdorida jarima qo‘llash taklif etilmoqda.

Hozirgi qonunchilikda voyaga yetmaganni erga berish yoki uylantirish bilan bog‘liq holatlar uchun ota-ona, voyaga yetmagan bilan turmush qurgan shaxs hamda bunday nikohga oid diniy marosimni o‘tkazgan shaxslarga nisbatan javobgarlik mavjud.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, xotin-qizlar faollaridan olingan xabarlar asosida o‘tgan davrda 348 ta erta nikohning oldi olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring