Turkiyadagi o‘zbekistonlik kelin voqeasiga aniqlik kiritildi
Turkiyaning Mugla viloyati Milas tumanida O‘zbekiston fuqarosi M.B. to‘ydan keyin katta miqdordagi tilla va ziynat buyumlarini olib, g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, M.B. hech qayerga qochib ketmagan va hozirda Milas hududida. U o‘z ixtiyori bilan politsiya bo‘limiga borib, holat yuzasidan ko‘rsatma bergan.
Fuqaro o‘ziga nisbatan bildirilgan da’volarni rad etgan. Uning aytishicha, to‘yda taqilgan tilla buyumlar qaynotasiga topshirilgan, keyinchalik ular qarzlarni to‘lash uchun sotilgan. M.B. buni tasdiqlovchi yozishmalar va videomateriallarni Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etganini bildirgan.
Ayni paytda turk vakolatli organlari tomonidan surishtiruv davom etmoqda. Bosh konsulxona tergov yakunlangunga qadar bir tomonlama xulosa chiqarmaslik va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter