19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Xalqaro qidiruvga berilgan 19 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreya hududida yashamoqda.
12 avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda xorijda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 110 nafar xorij fuqarosi istiqomat qilgan. Bu haqda agentlik hukmron Demokratik partiya deputati Kim Jun Xvanga taqdim etgan ma’lumotlarida ma’lum qilgan.
Fuqaroligi bo‘yicha eng ko‘p qidiruvdagilar Xitoy fuqarolari bo‘lib, Interpol qidiruviga berilgan 40 nafar xitoylik jinoyatchi umumiy ko‘rsatkichning 36 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston — 19 nafar va Mo‘g‘uliston — 17 nafar fuqaro bilan qayd etilgan.
Eng ko‘p uchragan jinoyat turi firibgarlik bo‘lib, bu bo‘yicha 47 ta holat qayd etilgan. O‘g‘irlash, noqonuniy qamoqda saqlash va odam savdosi kabi jinoyatlarni o‘z ichiga olgan «boshqa» toifada 29 ta holat aniqlangan. Qolgan jinoyatlar giyohvand moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, o‘g‘rilik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq.
Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarga qarshi kurashish maqsadida Koreya Milliy politsiya agentligi bu yil maxsus bo‘linma xodimlari sonini 22 nafardan 64 nafarga oshirdi. Natijada xorijlik qidiruvdagilarni repatriatsiya qilish holatlari ham ko‘paygan. Xususan, o‘tgan yilda 13 nafar shaxs qaytarilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar – avgust oylarida bu ko‘rsatkich 24 nafarni tashkil etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter